Toshkent shahrida “Yashil makon” dasturi amalda

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Shayhontoxur, Chilonzor, Yakkasaroy tuman bo‘limlari xodimlari yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyhasida faol ishtirok etib kelmoqda. Dastur doirasida xodimlar tomonidan poytaxtimiz ko‘chalariga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.