Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Kadirov Nurali Usmanaliyevich Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar podpolkovnik Kadirov Nurali Usmanaliyevich Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Shu munosabat bilan vazirlik rahbariyati Nurali Usmanaliyevichga kelgusidagi xizmat faoliyatlarida omad va zafarlar tilab qoladi.