Diqqat e’lon!

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi” 2024-yil may oyining 1-dekadasida quyidagi lavozimlariga tanlov e’lon qiladi:

Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi katta o‘qituvchisi
2 nafar;

Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) – 3 nafar.

Katta o‘qituvchi uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr, diplomli mutaxassis) ega, shuningdek, ilmiy daraja (shu jumladan, fan nomzodi, falsafa doktori ilmiy darajasiga yoki tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga) va ilmiy unvonga ega bo‘lgan va bunday daraja va unvonga ega bo‘lmagan, biroq o‘qituvchilik, ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari tajribasiga ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

 O‘qituvchi (uslubchi o‘qituvchi) lavozimi uchun tanlovda tegishli mutaxassislik bo‘yicha oliy ma’lumotga (magistr, diplomli mutaxassis) ega bo‘lgan shaxslar qatnashishi mumkin.

Talab etiladigan hujjatlar: Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nomiga ariza, kadrlarni xisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqasi, diplom nusxalari, ilmiy ishlar, ixtirolar tegishli diplomlar va attestatlar nusxalari (mavjud bo‘lsa) va ilmiy ishlar ro‘yxati.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar ilovalari bilan 2024-yil 25-aprelga qadar qabul qilinadi. Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani Markaz-5, Sh.Rashidov ko‘chasi 17-uy.

Telefonlar – 71-212-69-78, 71-212-69-36