Samarqand viloyatida qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari olib borilmoqda

 

 

Samarqand viloyati FVB mas’ul xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel oqimlari va suv toshqinlarining oldini olish hamda ularni xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborish maqsadida, Urgut tumani Choshtepa mahallasi Qumbilsoy qishlog‘idan oqib o‘tuvchi Qumbulsoy soyida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Tadbir davomida soyning o‘zanini tozalash va qirg‘oq mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.