Andijon viloyatida minifutbol musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi

Andijon shahrida sportning minifutbol turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun hududiy saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda "Qamchiq" maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi terma jamoalari o‘zaro baxs olib bordi. 

 

Musobaqa yakunida Farg‘ona viloyati FVB jamoasi g‘olib bo‘lib, “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

Eslatib o‘tamiz, "Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi" musobaqasining final bosqichi joriy yilning 19-aprel kuni Xorazm viloyati Urganch shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.