Samarqand viloyatida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi

Kuni kecha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli mas’ullar hamrohligida Samarqand viloyatida ijtimoiy soha va energetik obyektlarning kuz-qish mavsumida barqaror, uzluksiz va xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash, mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi. 

Xususan, Narpay tumanida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida tashkilotlar mas’ul xodimlariga yong‘in xavfsizligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari hamda bu borada olib borilishi lozim bo‘lgan  ishlar xususida zarur tavsiyalar berildi.