Jizzax viloyatida minifutbol musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi

Jizzax viloyatida minifutbol musobaqasining saralash bosqichi o‘tkazildi

Bugun, 11-aprel kuni Jizzax shahrida sportning minifutbol turi bo‘yicha “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” uchun hududiy saralash bosqichi bo‘lib, unda Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va “LUOK”  MChJ Obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi jamoalari ishtirok etdi. 

Musobaqa yakunida Jizzax viloyati FVB jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.