Bayram kunlarida imkoniyati cheklangan va alohida parvarishga muhtoj insonlarga g‘amxo‘rlik qilish azaldan xalqimizning an'ana va udumlaridan hisoblanadi.

Ayni maqsadda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari Ijtimoiy himoya agentligi Toshkent shahar "Muruvvat" nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun mo‘ljallangan erkaklar internat uyiga borib, ularning xolidan xabar oldilar va zaruriy vositalar topshirildi. Shuningdek, hududiga "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.