Sohibqiron siymosiga ehtirom

Bugun, FVV Akademiyasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Akademiya harbiy xizmatchi va kursantlari Amir Temur haykali poyiga gulchambar qoʻyib, ulugʻ sarkardaga yuksak ehtirom koʻrsatdi. Shundan soʻng, navbatdagi tantanali tadbir Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboni, Temuriylar tarixi davlat muzeyida oʻtkazildi. 

Temuriylar tarixi davlat muzeyida ishtirokchilar Temuriylar davri miniatura sanʼati durdonalari hamda boshqa bir qator eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar.