Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" HAL  jamoasi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda faol ishtirok etdi

Dastlab, Amir Temur haykali poyiga gulchambar qo'yilib, ulug' sarkardaga  cheksiz hurmat-ehtiromlar izhor etildi. Shundan so‘ng, Shahrisabz shahridagi madaniyat saroyida “Sohibqiron Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan teatlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar ijro etilib,  harbiy jang san’atidan ko‘rgazmali chiqishlar  namoyish etildi.