“Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 4-6 aprel kunlari vazirlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida "Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori" ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘rik-tanlov 1998 yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda.

Tanlov shartlariga ko‘ra 5-aprel kuni ishtirokchilar Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Uzkabel” MChJda o‘quv yong‘in-texnik tekshiruvini o‘tkazib, yakuni bo‘yicha tuzilishi lozim bo‘lgan hujjatlar rasmiylashtirdilar.

6-aprelda FVV Akademiyasida tadbir ishtirokchilari bilan test sinovlari o‘tkazilib, kunning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga ekskursiya tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani FVB Profilaktika va nazorat bo‘linmasi katta inspektori, katta leytenant A.Abdumalikov va Namangan viloyati, Chust tumani FVB Profilaktika va nazorat bo‘linmasi inspektori, leytenant F.Panoxiddinovlar 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rin Toshkent viloyati, Chinoz tumani FVB boshlig‘ining o‘rinbosari – profilaktika va nazorat bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan A.Qo‘shaqovga nasib etdi. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri FVB Profilaktika va nazorat bo‘linmasi katta inspektori kapitan F.Umarov esa "Davlat yong‘in nazoratining eng yaxshi inspektori" deb topildi.                                                           

Tanlov g‘oliblari va faxrli o‘rin egalari FVV “Faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi, faol ishtirok etganlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tashakkurnomasi berildi.