Boysun tumanida “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

Keksalar tajribasi hayot maktabi aynan shu maqsadda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Boysun tumani FV boʻlimi tomonidan Boysun tumanida 2-sektor hududidagi taʼlim muassasalari oʻquvchi yoshlari ishtirokida Qurolli Kuchlar tizimida ko‘p yillar fidokorona va samarali xizmat qilgan, Favqulodda vaziyatlar va Mudofaa vazirliklari faxriylari ishtirokida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri oʻtkazildi. Oʻtkazilgan uchrashuvda faxriylar yosh avlodga bosib oʻtgan mashaqqatli hayot yoʻllari hamda orttirgan tajribalari toʻgʻrisida soʻzlab, doimiy ravishda oʻz vazifalariga sidqidildan, fidoiylik va maʼsuliyat bilan yondashib xizmat qilganliklarini faxr bilan esga oldi. 

Tadbir doirasida otaliqqa olingan oʻquvchi yoshlar bilan ochiq eshiklar kuni hamda besh tashabbus olimpiadasi musobaqalari oʻtkazildi.