“Kazspas-2023” xalqaro qutqaruv musobaqasi o‘z yakuniga yetdi

 

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV qutqaruvchilari joriy yilning 10-21-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “Jer-2023” qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va “Kazspas-2023” qutqaruv yig‘in-seminari doirasida xalqaro qutqaruv musobaqalarida qatnashdi.

Bugun, 20-sentabr kuni “Скальный город – Астана” dala o‘quv mashg‘uloti maydonida “Kazspas-2023” xalqaro qutqaruv musobaqalari ishtirokchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qutqaruv musobaqalarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Vengriya, Ozarbayjon,Tojikiston,  Qirg‘iziston va Qozog‘istonlik hamkasblari bilan faol ishtrok etishdi.

Musobaqa doirasida ishtirokchilar “Texnogen ofatlar sharoitida qidiruv-qutqaruv ishlari”, “suvda qidiruv-qutqaruv ishlari”, “tabiiy muhitda qidiruv-qutqaruv ishlari” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Musobaqa natijalariga ko‘ra jamoaviy 3-o‘rinni Qirg‘iz Respublikasi,
2-o‘rinni O‘zbekiston Respublikasi  va 1-o‘rinni Qozog‘iston Respublikasi jamoalari egalladi.
Yakunda g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va kubok bilan taqdirlandi.

Musobaqada qutqaruvchilar birdamlikni va favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini o‘tkazishda yuqori professionallikni namoyish etishdi.