Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Bugun, 14-mart kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik Sanjar Zuparov Namangan shahri “Barkamol avlod” MFY hududida joylashgan “Barkamol avlod” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Dastlab sanoat zonasidagi ishlab chiqarish korxonalarining xavfsizlik talablari, sharoitlari, ulardagi ishlab chaqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishildi. Jarayonda tadbirkorlar bilan davra suhbati ham o‘tkazilib, ular suhbat davomida yo‘nalish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.  Shuningdek, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.