Farg‘ona viloyatida doimiy ravishda nazorat-profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

 Xususan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlarida fuqarolarning is gazidan zaharlanishi, gaz-havo aralashmasinig chaqnashi, yong‘inlar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida kuchaytirilgan tartibda keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar olib borildi. Tadbir jarayonida fuqarolarga isitish jihozlariga yanada eʼtiborli boʻlishini taʼminlash maqsadida zaruriy eslatma materiallari tarqatildi.