Samarqandda “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda

Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarning amaliy ijrosini ta'minlash borasida, Samarqand viloyatida FVV Akademiyasi, Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi va viloyat FVB hamkorligida vazirlik tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta'minlash choralarini ko‘rish orqali sog‘lom hayotga qaytarish maqsadida “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda. Viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan dastlabki 110 nafar yoshlar maxsus harbiy kiyim, oziq-ovqat ta'minoti bilan ta'minlangan xolda ikki kunlik o‘quv yig‘inini tamomlab, sertifikatlarni qabul qilib oldi.

 

O‘quv yig‘ini jarayonida yoshlar harbiy kasbga yo‘naltirish, huquqiy savodxonlik mashg‘ulotlarida, mehnat yarmarkalari va konsert dasturlarida ishtirok etadilar.