⚡️Hurmatli yurtdoshlar❗️

Bugungi kunda yurtimizda ob-havoning keskin o‘zgarishi, qor yog‘ishi kuzatilmoqda. Bunday  vaqtlarda baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa qor massalari tushishi mumkin bo‘lgan joylarda bo‘lmaslik hamda quyidagilar tavsiya etiladi. 

🔹Qor massalari, sumalak va muzlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan tomlari baland uylarga yaqinlashmang va bolalarning bunday joylarda o‘ynashi va bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang;
🔹 Agarda xavfli joyda panjarasi, ogohlantiruvchi belgilari mavjud bo‘lsa, ulardan o‘tishga urinmang, xavfli joyni boshqa yo‘l bilan aylanib o‘ting;
🔹 Avtotransport vositalarini daraxtlar, tepasida qor massalari bo‘lgan mustahkam bo‘lmagan bostirmalar ostida qoldirmang;

Binolar yaqinida ehtiyot bo‘ling!