Aholi xavfsizligi va xotirjamligi yo‘lida

Yurtimizda muborak Ramazon oyi shukuhi hukm surmoqda. Jome masjidlarida taroveh nomozlari oʻqilmoqda. Aholi xavfsizligini taʼminlash uchun FVV xodimlari tomonidan IIV, Milliy gvardiya va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar, yongʻinlar hamda boshqa koʻngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi hamda porofilaktik tadbirlar olib borilib, navbatchilik tashkil etildi.