Vazirning birinchi o‘rinbosari maxsus maktab-internatga tashrif buyurdi

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.Zuparov Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 46-sonli maxsus maktab-internatga tashrif buyurib, imkoniyati cheklangan o‘quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi va ular bilan muloqot o‘tkazdi.

 

O‘quvchi yoshlarga Favqulodda vaziyatlar vazirligida faoliyat yuritayotgan Eshitish va nutqida muammosi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash dispetcherlik xizmati haqida ma’lumot berilib, xizmatning surdo-tarjimonlari bilan mobil telefon orqali muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida o‘quvchilarning qiziqishlari va kelgusidagi rejalari to‘g‘risida samimiy suhbat olib borildi.

 

Shuningdek, yoshlarga vazirlikda tashkil etilgan ushbu xizmat faoliyatidan favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda xabar berishlari, maxsus xizmatlar, tibbiyot muassasalari va boshqa joylarda surdo-tarjimon sifatida hamkorlikda xizmat olib borishlari imkoniyatiga ega ekanliklari tushuntirildi.