Yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Romitan tuman FVB xodimlari tomonidan Gazli shahridagi 37-maktab o‘quvchi yoshlari bilan harbiy-vatanparvarlik uchrashuvi o‘tkazildi.

 

Maktab o‘quvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida, shuningdek, ular yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi.