"Qamchiq" dovonida muhandislik-himoya tadbirlari

Joriy yil bahor-yoz masumida sel, suv-toshqini, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, FVV “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati va boshqa FVDT tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilotlar hamkorligida "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘li hamda "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismida joylashgan geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda muhandislik-himoya tadbirlari amalga oshirilmoqda.