Oltinko‘l tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot

Bugun, 12-mart kuni soat 09:56 da Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida joylashgan maktabning yonidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:00 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:05 da o‘rab olingan va soat 10:14 da o‘chirildi.

Ma’lum bo‘lishicha maktab binosi yonidagi 1 qavatli oshxonaning taxminan  85 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. 

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.