Jizzax viloyatida tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda FVDT xizmatlari hamkorligida yirik savdo majmualarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tungi maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida maxsus xizmatlar va navbatchi ishchi xodimlarning shayligi hamda o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari tekshirilib, xodimlarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.