Namangan viloyatida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasining bajarilishi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusida o‘quv-amaliy  seminar o‘tkazildi.

 

Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlarining soha yo‘nalishidagi mas’ullari bilan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yoʻnalishi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.