FVV Akademiyasi ishga taklif etadi!

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy pedagog lavozimlarida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar (harbiy xizmatchilar)ni ishga taklif etadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🔹oliy ma’lumotli (magistr, diplomli mutaxassis); 
🔹ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan tibbiyot (umumiy amaliyot bo‘yicha);
🔹kimyo, oliy matematika, informatika, fizika, yurist, huquqshunos, chet tili (rus tili va ingiliz tili “ingiliz tilini bilish darajasi bo‘yicha C1 va unda yuqori darajaga ega bo‘lgan”);
🔹jismoniy tayyorgarlik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar.

Nomzodlarni saralash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida” PQ-4447-sonli Qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefon raqamlar: 71 258-88-81, 71 258-49-93