Andijon viloyatida “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning "Mini futbol" turi bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va baxslarga boy o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan kubok, diplom, esdalik sovg‘alar va medallar topshirildi.