Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari

Yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish hamda qutqaruvchilik kasbiga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Samarqand viloyati FVBga beriktirilgan yoshlar uchun Ixtisoslashtirilgan yong‘in-qutqaruv otryadida "Ochiq eshiklar" kuni tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida oʻquvchilar yong‘in-qutqaruv otryadi bilan yaqindan tanishib, qutqaruvchilar tomonidan oʻzlarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.