Ijtimoiy tarmoqlarda "Ayni damda Toshkent Cityda 6 ta pojarniy nima sababdanligi noma'lum" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

Ayni vaqtda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, FVV Maxsus vazifalar bo‘yicha respublika qutqaruv markazi shaxsiy tarkibi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakt qilish bo‘yicha rejaviy maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda. Unda jabrlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda yong‘inlar va avariya oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarilib, xodimlar bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Maxsus-taktik oʻquv mashqi davomida hech kim jabrlangani yoʻq.