Bog‘dod tumanida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari jamoalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani FV hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari hamkorligida umumta’lim maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari jamoalari musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 8 ta jamoa 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, g‘olib jamoa musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.