“8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabat bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang, yuribdi-ku kulib jilmayib.
Ayol kulib turib o‘lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.

FVV Akademiyasi, “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqaramsi tomonidan ham nafislik, go‘zallik va nafosat timsoli bo‘lgan “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni” munosabat bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda sohada xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollar ishtirok etdi. Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri tabrigi o‘qib eshittirilib, guldastalar va  esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi. San’atkorlar ijrosidagi dilbar kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.