Zafar muborak!

Joriy yilning 13-17-sentabr kunlari Toshkent shahrida sportning "Kikboks" turi bo‘yicha “O‘zbekiston Open-3” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu chеmpionatda Buxoro viloyati FVB qutqaruvchisi xizmatchi Raxmatov San'at Shavkat o'g'li 79 kg vazn toifasida faxrli 1-o'rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Toshkent shahar FVB qutqaruvchisi oddiy askar Erkinov Javoxir Jaloliddin o‘g‘li +91 kg vazn toifasida 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga sporchilarimiz Osiyo o‘yinlari va Jahon chemrionati musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

O‘z o‘rnida, hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.