Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida "8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bahor faslining nafis ayyomi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollarni samimiy muborakbod etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Mirzo Karim ishtirok etib, tizim ayollarni tabrikladi va o‘z she’rlaridan o‘qib berdi. Shuningdek, “Nixol” mukofoti sovrindori Mo‘minjon Sadriddinov va FVV Akademiyasi orkestri hamda xonandalari ijrosidagi konsert dasturi tantanaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.