Favqulodda vaziyatlar vaziri  general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan aziz opa-singillarimizni, faxriy ayollarimizni bahor faslining nafis ayyomi “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.

Ayolga ehtirom – bu avvalo insonga ehtirom, uning qalbidagi iymonga ehtiromdir. Ayolga hurmat va e’tibor bo‘lgan yurtdagi xonadonlarda baxtiyorlik, xotirjamlik va sokinlik bo‘ladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev “Biz Xalqimiz roziligini avvalo, siz, muhtarama onalarimiz, opa-singillarimizning roziligi deb tushunamiz. Sizlarning sog‘-salomat, baxtli bo‘lib yashashingizni amalga oshirayotgan barcha-barcha islohotlarimizning asosiy maqsadi va mezoni deb bilamiz”, - deya alohida ta’kidlaganlar.

Xalqimizning buyuk tarixida  o‘zining jasorat va matonati, aql-zakovati bilan o‘chmas nom  qoldirgan To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebuniso, Nodira, Uvaysiy, Anbar otin va boshqa yuzlab ayollarimizni xamisha extirom bilan tilga olamiz. Ulug‘ momolarimizga xos oliyjanob fazilatlar bugun xam muhtaram ayollarimiz siymosida davom etib kelmoqda.

Bugungi kunda qaysi sohani olmaylik, albatta, u yerda ayollarning faol mehnat qilayotganligiga guvoh bo‘lamiz. Xotin-qizlarimiz Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham yurt tinchligi va xalqimizni turli ofatlardan saqlash yo‘lida fidoyilik va sadoqat bilan xizmat qilib kelishmoqda.

E’tirof etish joizki, sabru irodasi po‘latdan ham mustahkam, buyuk ishlarga qodir bo‘lgan Sizdek shijoatli xotin-qizlarimiz vazirligimiz tizimida ko‘plab topiladi. Sizlarning borligigingiz, biz bilan hamqadam ekanligingiz, chinakam ma’noda, bizning faxrimiz va g‘ururimizdir.

Xayrli hamda savobli maqsadni diliga tukkan fidoyilar sifatida yigitlar bilan bir safda dadil qadam tashlayotgan ekansiz, bugungidek tiniq orzular, beg‘ubor maqsadlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Fursatdan foydalanib, Sizga va oila a’zolaringizga mustahkam salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin.

Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin! 

 Hurmat bilan,

 Vazir                                                

general-mayor                                                                                               A.Qo‘ldoshev