“8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” kuni munosabat bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Buxoro, Surxondaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” kuni munosabat bilan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda sohada xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchi ayollar ishtirok etdi. Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vaziri tabrigi o‘qib eshittirilib, bir qator ayol harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar va  esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.