Yurtimizda mehribonlik, nafislik va go‘zallik bayrami sifatida nishonlanadigan “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Fuqaro muhofazasi institutida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirining bayram munosabati yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi hamda barcha ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbirining badiiy qismida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xush kayfiyat ulashdi.