"Siz qonunni bilasizmi"

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Andijon harbiy prokuraturasi va boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib bilan "Siz qonunni bilasizmi" mavzusida  amaliy seminar o‘tkazildi.
       
Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.