Markaz boshlig'i kubogi

Kuni kecha, Buxoro viloyatida joylashgan “LUOK” MCHJ Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi  harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning “Voleybol” va “Armrestling” turi bo‘icha Markaz boshlig'i kubogi o‘tkazildi. Ushbu qiziqarli baxsda Voleybol bo‘yicha 1-YoQQ terma jamoasi 3-o‘rinni, 2-YoQQ terma jamoasi 2-o‘rinni, 3-YoQQ terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, sportning Armrestling turi bo‘icha 3-o‘rinni 1-YoQQ usta-qutqaruvchisi oddiy askar M.Yodgorov, 2-o‘rinni 6-YoQQ qutqaruvchisi oddiy askar O‘.Sharipov, faxrli 1-o‘rinni  Markaz inspektori leytenant Sh. Karimovlar qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunida g'olib jamoalarga kubok, faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari topshirildi.