Qarshi tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimida “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik tarbiyalash, ularni kasbga qiziqtirish maqsadida “Ochiq eshiklar” kuni bo‘lib o‘tdi. Unda soha xodimlariga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berilib, yoshlarga yong‘in-qutqaruv texnika va anjomlari yaqindan tanishtirildi.