Qoraqalpog‘iston Respublikasida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Taxiatosh va Xo‘jeyli tumanlarida Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining hududiy hamda quyi tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalari ishtirokida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.

O‘quv mashqini o‘tkazishdan maqsad favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va oqibatlarini tugatish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamkorligini takomillashtirishdan iboratdir. O‘quv mashqi 7-mart kuniga qadar davom etadi.