4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev FVV harbiy xizmatchilari va xizmatchilarini bayram munosabati bilan qizg‘in qutladi. 

Tadbir doirasida FVV Akademiyasi qoshidagi ofitserlar tayyorlash kursini tamomlagan 17 nafar oddiy askar va serjantlar tarkibida kontrakt asosida xizmat qilayotgan oliy maʼlumotli harbiy xizmatchilarga “leytenant” harbiy unvonlari, shuningdek, bir guruh harbiy xizmatchilar va xizmatchilarga Qurolli Kuchlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi vazirlik va idoralarning esdalik sovg‘alari, vazirlikning “A'lo xizmatlari uchun” ko‘krak va esdalik nishonlari, qo‘l soatlari hamda faxriy yorliqlar tantanali topshirildi.