Favqulodda vaziyatlar vazirligi muassisligidagi birlashgan tahririyat a’zolariga munosib tuxfa 

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining 28 yilligi munosabati bilan “Muhofaza+” jurnali va “Vaziyat” gazetasi birlashgan tahririyatiga vazirlik Markaziy apparatining Sh.Rashidov ko‘chasida joylashgan binosidan xonalar ajratilib, barcha sharoitlar mujassam bo‘lgan, zamonaviy jihozlar ta’minlandi. Albatta, bu xodimlarga yangi kuch, ilhom bag‘ishlaydi, shu bilan birga yuksak mas’uliyat ham yuklaydi.