Namangan viloyati FVBda “Davlat yongʻin nazoratining eng yaxshi inspektori” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkazildi 

Dastlab, Namangan shahar va barcha tuman FV boʻlimlarining davlat yongʻin nazorati inspektorlari tomonidan ishlab chiqarish korxonalarining birida shartli ravishda mavjud binolarning yongʻinga qarshi holati tekshirilib, belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. 

Shuningdek, Namangan muhandislik qurilish institutida xizmat yoʻnalishidagi foydalanilayotgan normativ hujjatlardan tuzilgan testlar bajardilar. 

Ushbu koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan qatnashchi Respublika bosqichida ishtirok etadi.