Amaliy yordam ko‘rsatildi

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga bugun, 2-mart kuni “Yangi hayot” MFY O‘yingoh ko‘chasi 26-ko‘p kvartirali uyning liftida 4 nafar fuqaro qolib ketganligi to‘g‘risida fuqarolar tomonidan tashvishli murojaat kelib tushgan. 

Berilgan xabarga asosan FVV qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, liftda qolib ketgan ona va uning 3 nafar farzandiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.