Buxoro viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Buxoro viloyatining Kogon shahri va Kogon tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida FVDqT tarkibiga kiruvchi korxona va tashkilotlar favqulodda vaziyatlarga qay darajada tayyor ekanliklari, korxona ishchilarining bunday vaziyatlarda harakatlari sinovdan o‘tkazilib, bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

 

Uch kecha-kunduz davom etgan o'quv mashqlarida turli toifadagi obyektlarda, korxona va tashkilotlar ishchi xodimlarining o‘z vazifasiga ko‘ra zarur harakatlari amalda bajarildi.