Sirdaryo viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumani Markaziy o‘yingohida o‘quvchi yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyat yuz berganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zi hamda o‘zgalarga yordam berish, bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi.

 

Qizg‘in va baxslarga boy o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Ravot mahallasidagi 4-sonli umumta’lim maktabining “Xaloskor jamoasi g‘olib bo‘ldi va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

 

G‘olib va sovrindorlar tuman hokimligi va Sardoba tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.