Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i barpo etildi

🌳Yashil makon – musaffo havo, toza obi-hayot va koʻrkam tabiiy manzara uygʻunligidir.

Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.N.Alibayev, Andijaon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati hamda shaxsiy tarkib ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Yangi Andijon hududida ajratilgan yer maydonida “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i” barpo etildi. Tadbir davomida turli xildagi 2000 ziyod manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi. Bu boradagi tadbirlar davom ettirilmoqda.