Navoiy viloyati Zarafshon shahrida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Navoiy viloyatining olis hududidagi Zarafshon shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. 

 

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etib, tizimda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilarlarni hamda ularning oila a’zolarini, shuningdek faxriylarni qabul qildi. Ommaviy sayyor qabul davomida murojaatchilarning muammolari eshitilib, joyida ijobiy hal etish masalalari ko‘rib chiqilib, huquqiy tushuntirish berildi. Muddat talab etiladigan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha mas’ullar tomonidan nazoratga olindi.