Yoshlar bilan manzilli ishlash tadbirlari

Toshkent shahar FVB boshchiligida Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlari Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan tizimga biriktirilgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Ochiq eshiklar" kuni o‘tkazildi. 

 

Tadbir davomida yoshlarga huquqiy bilimini oshirish hamda sog‘lom turmush tarziga jalb etish borasida ma’lumotlar berilib, o‘z ustida ishlayotgan tirishqoq, bilimli yoshlarni ijtimoiy qo‘llab quvatlash borasida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.