KURSANTLAR EKSKURSIYaDA

FVV Akademiyasining bir guruh kursantlari uchun Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ekskursiya tashkil etildi. Unda kursantlar Boshqarma va undagi “Hayot faoliyati” xavfsizligi markazi hamda FVB Yong‘in-texnik markazi faoliyati, u yerda o‘qitilayotgan mashg‘ulotlar, maxsus jihozlangan zamonaviy simmulyatsiya xonalari, zamonaviy texnika va asbob-anjomlar, mavjud o‘quv qo‘llanmalar hamda Boshqarmaning zamonaviy kutubxonasi bilan tanishdilar. 

 

Shuningdek, kursantlar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor-boshqaruv markazidagi toifalangan obeyktlarni nazorat qilib turuvchi tizimni ko‘zdan kechirdilar. Bunday ekskursiyalar kursantlar uchun Akademiyada olinayotgan nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi.