Xorazm viloyatida olib borilayotgan tadbirlar

Xorazm viloyati FVB xodimlari tomonidan mahallalarda, ta'lim muassasalari, ijtimoiy soha obektlari hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Unda fuqarolarga nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar berilib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish qoidalarini o‘zida aks ettirgan buklet va eslatmalar tarqatilmoqda.